Bu haqida deputatning o`zi telegram kanalida ma`lum qildi.
"Surxondaryo viloyati, Boysun tumanidan S. Sultonov ismli shaxsning Internet saytlar va tarmoqlar orqali tarqalgan meni haqorat qilganlik holati yuzasidan qonuniy chora ko`rishni so`rab Ichki ishlar vaziri nomiga ariza kiritdik" deydi Kusherbaev.
Shuningdek u "haqorat inson sha`ni va qadrini kamsituvchi oshkora qonunbuzarlik va buni hech narsa bilan oqlab bo`lmaydi. Bu yoqda (aslida hammaga namuna bo`lishi kerak bo`lgan) viloyat hokimi, u yoqda o`sha hududda yashovchi fuqaroning boshqalarni oshkora haqorat qilib turgani toqat qilib bo`lmas holat" deya qo`shimcha qildi.






