AsosiyDunyo

Shimoliy Koreya koronavirusga chalingan barcha bemorlar tuzalib ketganini e`lon qildi

'Shimoliy Koreya koronavirusga chalingan barcha bemorlar tuzalib ketganini e`lon qildi'ning rasmi

Shimoliy Koreya hukumati mamlakatda birinchi koronavirus epidemiyasi aniqlangandan beri COVID-19 bilan kasallangan barcha aholi tuzalib ketgani haqida xabar berdi.

Mutaxassislar Shimoliy Koreya sog`liqni saqlash rasmiylarining g`alaba haqidagi da`volariga shubha bilan qarashmoqda.

“O`tgan hafta davomida isitmaning birorta ham yangi holati qayd etilmadi. Mamlakat bo`ylab davolangan barcha bemorlar tuzalib ketdi”, deb yozadi Koreya markaziy axborot agentligi (KCNA).

Shimoliy Koreya boshidanoq vaksinalar va boshqa tashqi tibbiy yordamdan bosh tortdi va mamlakatning o`zi dunyodagi eng yomon sog`liqni saqlash tizimlaridan biriga ega.

Seuldagi Xanyang universiteti tibbiyot fakulteti professori Shin Yong-jong "Reyter" agentligiga Shimoliy Koreyada koronavirusdan 50 minggacha odam o`lishi mumkinligini aytdi.

    Boshqa yangiliklar