Kecha, 4 avgust kuni soat 21:10 da Jidda-Toshkent yo`nalishida O`zbekistonga qaytuvchi aviareys Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga etib keldi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda "Haj – 2022" mavsumi ishchi guruh vakillari, Toshkent shahar 37-guruhi, Xorazm viloyati 8-guruh va Jizzax viloyati 9-guruh ziyoratchilari ona-Vatanga qaytishdi.
Muborak safardan qaytgan so`nggi guruh hojilarimizni Toshkent xalqaro aeroportida O`zbekiston musulmonlari idorasi vakillari tomonidan kutib olindi.






