AsosiyJamiyat

O`zbekistonga aprel oyida nechta turist kelgani va eng ko`p tashrif qaysi davlatdan bo`lgani ma`lum qilindi

'O`zbekistonga aprel oyida nechta turist kelgani va eng ko`p tashrif qaysi davlatdan bo`lgani ma`lum qilindi'ning rasmi

 Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning aprel oyida 269,2 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O`zbekistonga tashrif buyurgan.

Ma`lum qilinishicha, bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 181,4 ming nafarga yoki 3,1 baravarga oshgan.

 O`zbekistonga aprel oyida eng ko`p qaysi davlatlarning fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan?

— Qozog`iston –  81,2 ming nafar 
— Tojikiston –  69,9 ming nafar
— Qirg`iz R. –  69,1 ming nafar 
— Rossiya –  29,3 ming nafar 
— Turkiya – 4,5 ming nafar 
— Germaniya – 1,4 ming nafar 
— Fransiya – 1,2 ming nafar 
— Belarus R. – 1,2 ming nafar 
— Koreya – 0,9 ming nafar 
— Buyuk Britaniya – 0,8 ming nafar 
— Ispaniya – 0,7 ming nafar
— AQSh – 0,7 ming nafar 
— Italiya – 0,5 ming nafarni tashkil etadi.

Boshqa yangiliklar