Kecha, 4 may, chorshanba kuni Samarqand–Toshkent yo`nalishi bo`yicha harakatlanib kelayotgan engil mashina avtohalokatga uchradi. Bu haqda "Zamon" nashri yozmoqda.
Ma`lum qilinishicha, mudhish hodisa oqibatida mashina ichida bo`lgan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 4-kurs talabasi halok bo`ldi.
5 may, payshanbadan o`qishlar boshlanishini inobatga olib, marhum talaba ham 4 may kuni Toshkentga yo`l olgan.
Eslatib o`tamiz, avvalroq O`zDJTU talabasi o`z joniga qasd qilgani xabar berilgandi.






