Farg`ona vodiysida noqulay ob-havo sharoiti yuzaga kelganligi sababli hamda yo`lovchilarga harakatlanish uchun qulaylik yaratish maqsadida, faqat 2022 yil 5 may kuni “Uzbekistan Airways” AJ Farg`ona va Namanganga qo`shimcha qatnovlarni amalga oshiradi. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qo`shimcha aviaqatnovlar quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi (mahalliy vaqt bilan):
HY-085 Toshkent – Farg`ona 15:00 / 16:00
HY-086 Farg`ona – Toshkent 17:00 / 18:00
HY-095 Toshkent – Namangan 19:00 / 20:00
HY-096 Namangan – Toshkent 21:00 / 22:00
Aviachiptalarni 3% chegirma bilan aviakompaniyaning rasmiy sayti www.uzairways.com dan sotib olish mumkin.
Shuningdek, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan ham chiptalarni xarid qilish imkoniyati mavjud.
Ma`lumot uchun telefon: +998 78 140 02 00






