AsosiyJamiyat

Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo`ldi

'Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo`ldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida sodir bo`lgan YTH  yuzasidan ma`lumot berildi. Bu haqda YHXX xabar berdi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bugun, 2022 yil 2 may soat 14:30 larda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Mannon Uyg`ur ko`chasida haydovchilar:

1) 1991 yilda tug`ilgan U.N. boshqaruvidagi "Matiz" rusumli;

2) 1987 yilda tug`ilgan M.Sh. boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli;

3) 1969 yilda tug`ilgan A.A. boshqaruvidagi yana bir "Matiz" rusumli;

4) 1980 yilda tug`ilgan N.M. boshqaruvidagi "Nexia-3" rusumli transport vositalari ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan va haydovchi U.N. boshqaruvidagi “Matiz” avtomobili ag`darilgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo`q.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar