"PSJ" mavsum yakunlanganidan so`ng bosh murabbiy Maurisio Pochettinoni iste`foga chiqaradi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, parijliklar argentinalik mutaxassis o`rniga boshqa bir murabbiyni taklif qilmoqchi. Hozirda rahbariyat Pochettinoni iste`foga chiqarish yo`llarini izlamoqda.
Ma`lumot uchun, Pochettino "PSJ"ni 2021 yilning yanvaridan beri boshqaradi. U klub bilan bitimi 2023 yilgacha mo`ljallangan shartnomaga ega.






