AsosiyJamiyat

O`zbekistonga tegishli uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlari Afg`oniston havo makonini buzib o`tgani rad etildi

'O`zbekistonga tegishli uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlari Afg`oniston havo makonini buzib o`tgani rad etildi'ning rasmi

Ayrim OAV va ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekiston Respublikasiga tegishli uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlari Afg`oniston havo makonini buzib o`tgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bu xabarlarni mutlaqo haqiqatga to`g`ri kelmaydi, deya munosabat bildirdi.

Ta`kidlanishicha, O`zbekiston Respublikasi Harbiy-havo kuchlari tomonidan qo`shni davlatlar havo makonini buzish holatlari bo`lmagan.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Havo hujumidan mudofaa qo`shinlari qo`shni davlatlar aviasiyasi tomonidan mamlakatimiz havo makonining buzilish holatlarini qayd etmagan.

Mudofaa vazirligining uchuvchisiz boshqariladigan, qiruvchi va ishg`ol aviasiyasi qat`iy belgilangan tartibda jangovar navbatchilik o`tamoqda, deyiladi  vazirlik Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti ma`lumotida.

    Boshqa yangiliklar