AsosiyJamiyat

Andijon, Jizzax, Namangan, Samarqand, Farg`ona va Xorazm viloyatlarida agroxizmat markazlari tashkil etiladi

'Andijon, Jizzax, Namangan, Samarqand, Farg`ona va Xorazm viloyatlarida agroxizmat markazlari tashkil etiladi'ning rasmi

Yig`ilishda 2022 yilda Andijon, Jizzax, Namangan, Samarqand, Farg`ona va Xorazm viloyatlarida agroxizmatlar markazlari tashkil etilib, 100 dan ortiq xizmatlar yo`lga qo`yilishi lozimligi ko`rsatib o`tildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

 Shuningdek:

-  qishloq xo`jaligida mablag`larni boshqarish va monitoring qilish axborot tizimini ishga tushirish;

-  erlar va ekinlar hisobi hamda monitoringini yuritishni raqamlashtirish;

- 1 avgustga qadar 7 turdagi, 2023 yilda barcha turdagi subsidiya to`lashni elektron tizimga o`tkazish;

- suv balansi va sarfi hisobini yuritish hamda erlarni to`g`ri sug`orish ishlarini masofaviy monitoring qilish axborot tizimini 1 dekabrgacha Farg`ona va Samarqandda, 2023 yilda barcha hududlarda joriy qilishga topshiriq berildi.

Prezident yangi Xalqaro qishloq xo`jaligi universiteti 2022-2023 o`quv yilidan o`z faoliyatini boshlashi zarurligini qayd etdi.

Birinchi o`quv yilida universitetda 7 ta mutaxassislik bo`yicha 200 nafar talaba o`qitiladi.

    Boshqa yangiliklar