AsosiyJamiyat

Andijondagi bog`chada 4 yoshli bola kun tartibidagi uyqu vaqtida uxlayotganda vafot etdi

'Andijondagi bog`chada 4 yoshli bola kun tartibidagi uyqu vaqtida uxlayotganda vafot etdi'ning rasmi

Kecha, 21 aprel kuni soat 14-00dan 15-00ga qadar bo`lgan oraliqdagi vaqtda Andijon viloyati, Oltinko`l tumanidagi 31-sonli davlat maktabgacha ta`lim tashkilotida tarbiyalanayotgan 4 yoshli Lutfullaev Xushnudbek maktabgacha ta`lim tashkilotining kun tartibidagi uyqu  vaqtida uxlayotganda olamdan o`tgan. Bu haqda Maktabgacha ta`lim vazriligi xabar qildi. 

 Tashkilot hamshirasining ma`lum qilishicha, ertalabki qabul jarayonida tarbiyalanuvchi Lutfullaev Xushnudbekda hech qanday kasallik alomatlari kuzatilmagan.  

Kun tartibidagi uyqu vaqtida har doimgidek bolalar uyquga yotqizilgan va tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchilarni uyqudan uyg`otishganda bola o`rnidan turmagan va darhol tez yordamga murojaat qilingan hamda  tibbiyot xodimlari tomonidan tarbiyalanuvchi tibbiy nazoratdan o`tkazilgan. Natijada bola uyqu vaqtida olamdan o`tganligi ma`lum bo`lgan.

Hozirgi kunda huquq-tartibot organlari tomonidan surishtiruv, ekspertiza ishlari olib borilmoqda.

"Ekspertiza xulosalari aniqlangach batafsil ma`lumot berilishini hamda holat Maktabgacha ta`lim vazirligi tomonidan nazoratga olinganligini ma`lum qilamiz.

Xushnudbekning oila a`zolariga sabr tilagan holda o`z ta`ziyamizni izhor etamiz!" - deyiladi xabarda. 

 

    Boshqa yangiliklar