O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasi tomonidan Ukrainadan qaytib, respublika oliy ta`lim muassasalariga o`qishini ko`chirish istagini bildirgan fuqarolarning arizalariga muvofiq ularning o`qishini soddalashtirilgan tartibda ko`chirishga ruxsat berildi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shu munosabat bilan ariza topshirgan talabalar joriy yil 26 apreldan o`qishni ko`chirish istagini bildirgan oliy ta`lim muassasasiga murojaat qilishlari so`raladi.
Bunda, o`qishini ko`chirishga ruxsat berilgan fuqarolarning hujjatlarini rasmiylashtirishda avvalgi yillarda tahsil olib, so`nggi yillarda talabalar safidan chetlatilgan yoki akademik ta`tilda bo`lgan fuqarolarning o`qishini ko`chirishga rad javobi beriladi.






