AsosiyJamiyat

Yaxshi hunari bor odam ishsiz qolmaydi — Shavkat Mirziyoev

'Yaxshi hunari bor odam ishsiz qolmaydi — Shavkat Mirziyoev'ning rasmi

Davlatimiz rahbari Koson tumanidagi “Ishga marhamat” monomarkazini borib ko`rdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi

Bu erda texnika va xizmat ko`rsatish sohalarida 20 ga yaqin kasb-hunarga o`qitish yo`lga qo`yilgan. O`quv va mashg`ulot xonalari tegishli uskuna, kompyuter, mulyaj va boshqa jihozlar bilan ta`minlangan.

Eng muhimi, o`qish, o`rganish yoshi chegaralanmagan. Bu erda barcha istovchilar, vaqtincha ishsiz kishilar ham kelishi mumkin. Bunday imoniyatdan foydalanib, aholi mehnat bozorida talab yuqori bo`lgan elektrik, santexnik, payvandchi, oshpaz, qandolatchi, sartarosh va tikuvchi kabi kasblarni o`rganmoqda. Ularga jahon standartlari darajasida ko`nikma berish  maqsadida Germaniya, Turkiya va Yaponiya davlatlaridan mutaxassislar jalb qilingan. Markaz qoshida xorijiy tillarni o`qitish ham yo`lga qo`yilgan.

Bu erda nafaqat Koson, balki qo`shni tumanlardagi ishsiz fuqarolarga 2 oydan 6 oygacha bo`lgan kurslarda dars beriladi.

Prezidentimiz markazda yaratilgan sharoitlarni ko`zdan kechirdi, kasb o`rganayotgan yigit-qizlar bilan suhbatlashdi.

– Sizlarning ertangi kuningizga befarq bo`lmay, kasbga intilishingiz meni xursand qildi. Bunday markazlarni nima uchun qilayapmiz? Ilgari yoshlar kasb egallashi uchun Toshkentga yoki boshqa shaharlarga borardi. Endi o`sha sharoitlarning o`zi yoshlarning oldiga kelayapti. Maqsadimiz - aholini kasb-hunarli qilish. Yaxshi hunari bor odam ishsiz qolmaydi, kerak bo`lsa uyidan olib ketishadi. Shuning uchun bu imkoniyatlardan foydalanib, yo`lingizni topib olishingiz kerak, - deya ta`kidladi davlat rahbari.

    Boshqa yangiliklar