"Manchester Yunayted" niderlandiyalik mutaxassis Erik ten Hag yangi mavsumdan klub bosh murabbiyiga aylanishini rasman e`lon qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ten Hag bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzolangan bo`lib, kelishuvni yana bir yilga uzaytirish bandi ham qo`shilgan.
Bundan tashqari, "qizil iblislar" 2 million evro miqdorda tovon puli beradigan bo`lgan. Chunki uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi bo`lgan.






