Aniqlanishicha, marhumaning eri va qaynonasi uni doimiy kamsitib kelgan.
Er onasi va opasidan tiz cho`kib kechirim so`rashga majburlagan. Shundan so`ng, kelinchak homiladorligiga qaramasdan o`zini osgan.
Bu haqda Zamon.uz' xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2021 yilning 25 mart sanasida to`yi bo`lgan kelinchakni turmush o`rtog`i kamsitib, kaltaklab kelgan.
"Qizim shu uyga tushgandan buyon 3 marotaba kelgan bo`lsa, yo bilagi ko`kargan, yo bir abgor holatda kelardi. Oxirgi kelgan kuni ham burnidan qon oqib, mazasi bo`lmadi",-deydi kelinning onasi.
Uning so`zlariga ko`ra, qizi ko`p marotaba och qoldirilgan va u onasining uyiga kelganida ham qornini to`yg`azish uchun burda noni bo`lgan.
O`tkazilgan sud majlisida kelinchakning turmush o`rtog`iga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 103 moddasi 2 qismi "a", "b" bandlari bilan 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.






