AsosiyJamiyat

"Mashina YPX xodimining oyog`ining ustidan bosib o`tib ketgan". Toshkentda “Hyundai Sonata” sodir etgan YTH bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi

'"Mashina YPX xodimining oyog`ining ustidan bosib o`tib ketgan". Toshkentda “Hyundai Sonata” sodir etgan YTH bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi'ning rasmi

Xabaringiz bor bugun, 20 aprel` kuni taxminan soat 10:40 larda Mirzo Ulug`bek tumani Abdulla Qodiriy va Maxatma Gandi ko`chalari chorrahasida xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori Farxod Sayxamatovni A.T. boshqaruvidagi “Hyundai Sonata” rusumli davlat raqam belgisi 01 990 QFA bo`lgan avtomashinada urib yuborgan.  

Natijada YPX inspektori olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan.

Sodir etgan YTH bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi.

“Hyundai Sonata” haydovchisi:

- Mirzo  Ulug`bek tumanida harakatlanib kelayotgan paytim o`zimni ehtiyotsizligim tufayli xodimning oyog`ini mashinaning orqa chap baloni bilan bosib yubordim. Shundan so`ng tez tibbiy yordam ko`rsatish maqsadida  shifoxonaga olib bordim. Qilgan ishimdan afsusdaman,  boshqalar ham yo`lda harakat payti e`tiborli bo`lishlarini so`rab qolaman.

Hozirda YPX xodimiga zudlik bilan birinchi yordam ko`rsatildi. Ayni payt salomatligi yaxshi. 

    Boshqa yangiliklar