O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qashqadaryo viloyati tarkibida Ko`kdala tumanini tashkil etish to`g`risidagi hujjatga imzo chekdi.
Shuningdek, Qashqadyor viloyatining Chiroqchi va uning bir qismida tashkil etilgan Ko`kdala tumaniga hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Xurram Abdurazikovich Jo`raev Qashqadaryo viloyati Ko`kdala tumaniga hokim etib tayinlandi. Shu munosabat bilan Chiroqchi tumani hokimi lavozimidan ozod etildi.
Chiroqchi tumaniga esa Nodir Erkaev hokim etib tayinlandi. Boshqa ishga o`tgani sabab viloyat hokimining moliya-iqtisod masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari lavozimidan ozod etildi.






