AsosiyJamiyat

O`zbekistonda go`sht narxi barqarorligi ta`minlanmoqda

'O`zbekistonda go`sht narxi barqarorligi ta`minlanmoqda'ning rasmi

Ayni paytda dunyoda yuz berayotgan voqea-hodisalar sabab oziq-ovqat xavfsizligi va ta`minoti mamlakatlar, xalqlar taqdiridagi muhim masalaga aylangan bir pallada O`zbekiston bozorlarida go`sht-sut narxida keskin o`zgarish sezilgani yo`q.

Chunki so`nggi uch yilda chorvachilik va uning tarmoqlarini yanada rivojlantirish, sohani qo`llab-quvvatlash maqsadida prezidentimizning bir qator farmon va qarorlar qabul qilindi. Ushbu normativ hujjatlar ijrosi bugungi kunda respublika aholisini chorvachilik mahsulotlari bilan uzluksiz ta`minlash va ularning narxini mo``tadil saqlashda zamin bo`lmoqda.

"O`zbekchorvanasl" agentligi bosh direktori o`rinbosari Nargiza Omonboeva oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlashda qilinayotgan ishlar yuzasidan ma`lumot berdi.

"Bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash eng muhimdir. Chorvachilik mahsulotlari har bir xonadonga kirib borishi lozim. 3 yil avval chorvachilik va veterinariya bir tizim etib tashkil etildi. Albatta oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlashda chorvachilikni o`rni katta. Tahlillarga qarasak, ishlab chiqarish quvvatini yildan-yilga oshirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda",-deydi u.

Nargiza Omonboevaning qayd etishicha, bugungi kunda chorvachilik o`sish suratlarda rivojlanmoqda. Xususan, 2019 yilda chorvachilik sub`ektlari tomonidan parvarishlanadigan qoramollar soni ulushi 4,5%ni tashkil etgan bo`lsa, bugungi kunda ushbu ulush 10 foizga yaqinlashgan.

Bu chorvachilik sub`ektlari rivojlanayotganidan dalolatligi aytiladi.

    Boshqa yangiliklar