AsosiyJamiyat

"Muammoning echimi shu deb o`ylagan" G`uzor tumani hokimi o`zini osib qo`ygan yoshlar etakchisi yuzasidan fikr bildirdi

'"Muammoning echimi shu deb o`ylagan"        G`uzor tumani hokimi o`zini osib qo`ygan yoshlar etakchisi yuzasidan fikr bildirdi'ning rasmi

Bir muddat avval Qashqadaryoda yoshlar etakchisi o`zini osib qo`ygani haqida xabar bergan edik.  

Shuningdek, O`zbekiston respublikasi bosh prokurorining matbuot kotibi holat yuzasidan munosabat bildirgandi.

Zamon.uz' nashrining qayd etishicha, G`uzor tumani hokimi Bekzod Suyunov mazkur holat haqida fikr bildirdi.

"Marhumning yaqinlariga sabr tilab, shuni alohida ta`kidlamoqchimanki, uning muammolari bo`lgandir. Balki shaxsiy hayotida, balki ishida. Ammo achinarlisi, u muammolariga echim sifatida aynan shu yo`lni tanlagan va irodasizlikka yo`l qo`ygan", — deydi tuman hokimi voqea haqida o`z fikrini bildirarkan.

Qo`shimcha qilinishicha, marhum bir necha yil davomida "Sovbog`" mahalla fuqarolar yig`ini mas`ul kotibi, mahalla raisining obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimida ishlagan.

"U mahalla tizimini yaxshi tushunishi, mahallaning yosh-u qarisini tanishi va namunali xulqi uchun 2022 yilda mahallada yoshlar etakchisi lavozimiga tayinlangan. Mehnat faoliyati davomida mahalladagi yoshlarning bo`sh vaqtini mazmunli o`tkazishda, rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarni o`z vaqtida bajarishda ancha faol bo`lgan. Ming afsuski, bu holat barchamizni chuqur qayg`uga soldi. Marhumning yaqinlariga tuman hokimligi nomidan chuqur hamdardlik bildiraman", — deydi Bekzod Suyunov.

Aniqlashtirilishicha, marhum oilada eng kichik farzand bo`lgan. Voqea yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borgan tuman prokuraturasi marhumning yaqinlari — ikki akasi, xotini va onasining fikrini o`rgangan.

Marhumning yaqinlari uning so`nggi paytda spirtli ichimlikka ruju qo`yganini aytgan.

Jumladan, har ikki akasi ham ukasi so`nggi paytlarda ishga ham bormay, ichimlik ichishga ruju qo`yganini onasi orqali bilganini aytib, bir necha marotaba tanbeh berganini bildirgan.

Marhumning turmush o`rtog`i esa so`nggi paytlarda ularning xonadoniga qarzini so`rab keluvchilar ko`payganini, marhum turmush o`rtog`i qarzi ko`pligini aytsa-da, aynan qancha qarzi borligini aytmaganini ma`lum qilgan.

Marhumning xotini, shuningdek, eri 2022 yilning 11 aprel kuni kechasi soat bir-ikkida uyiga mast holda, oyoq kiyimi o`rnida "tapochka"da, telefonsiz qaytganini bildirgan. Qolaversa, marhum uyidan 2022 yilning 12 aprel kuni tonggi soat 08:00 da telefoni va oyoq kiyimni olib kelishini aytib, chiqib ketganicha qaytmagan. Yaqinlari uning jasadini qo`shnisining hech kim yashamaydigan uyi og`ilxonasidan 13 aprel kuni soat 18:00 ga yaqin vaqtda topgan.

    Boshqa yangiliklar