AQSh prezidenti Jo Bayden 2021 yilda ko`rgan daromadlariga oid hisobotni e`lon qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Bayden rafiqasi Jill bilan birga 610,7 ming dollar ishlab topgan. Baydenlar oilasi o`tgan yil davomida 150,4 ming dollar federal soliq to`lagan. Bu esa daromad solig`i 24,6 foizni tashkil qilgan.
Bundan tashqari, ular 174,4 ming dollar hayriya ishlariga pul sarflashgan. Shundan 5 ming dollari Bo Bayden nomidagi bolalarni himoya qilish fondiga tushgan.
Ma`lumot uchun, Jo Bayden prezidentlik lavozimida 378,3 ming bollar ishlab topgan. Rafiqasi esa o`qituvchi sifatida 67 ming dollar ishlagan.






