AsosiySport

Angliya kubogi. "Chelsi" London derbisida g`alaba qozonib, finalga yo`llanma oldi

'Angliya kubogi. "Chelsi" London derbisida g`alaba qozonib, finalga yo`llanma oldi'ning rasmi

Angliya kubogi ikkinchi yarim final bahsida "Chelsi" va "Kristal Pelas" o`zaro to`qnash kelishdi.

Dastlabki bo`limda gol kiritilmadi. Tanaffusdan so`ng "Chelsi" ikki marotaba "Kristal Pelas" darvozasiga yo`l topdi va yakunda muvaffaqiyat qozondi. 

Shu tariqa, "Chelsi" kubok yarim finalida g`alaba qozonib, finalga yo`llanma oldi. Endi ular 14 may kuni "Liverpul"ga qarshi final bahsida maydonga tushadi. 

Angliya kubogi. Yarim final
Chelsi – Kristal Pelas 2:0
Gollar: 1:0 – 65 Loftus-Chik, 2:0 – 76 Maunt.

    Boshqa yangiliklar