Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan Davlat qurilishi akademiyasida o`tkazilgan tayyorlov kursidan o`tganlarga sertifikat topshirish marosimi o`tkazildi.
Tayyorlov kurslari xorijda yangi tashkil etiladigan vakolatxonalar uchun malakali xodimlarni tayyorlash maqsadida ochilgan.
Endilikda Rossiya Federasiyasining Tula, Voronej, Volgograd, Nijegorod, Irkutsk, Amur viloyatlari, Krasnodar, Krasnoyarsk, Perm o`lkalari, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi, Qozog`istonning Chimkent va Turkiyaning Istanbul shaharlarida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining yangi vakolatxonalari ochilishi hisobiga xorijdagi vakillik instituti geografiyasi yanada kengayadi.
Hozirda Agentlikning Moskva, Sankt-Peterburg, Samara, Ufa, Novosibrsk, Ekaterinburg shaharlari, Koreya Respublikasining Kvandju shahrida vakolatxonalari faoliyat yuritib kelmoqda.






