AsosiyDunyo

Nokia Rossiya bozorini tark etishga qaror qildi

'Nokia Rossiya bozorini tark etishga qaror qildi'ning rasmi

Finlyandiyaning Nokia kompaniyasi Rossiyani tark etishga qaror qildi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy xabarida ma`lum qilindi. 

Qayd etilishicha, kompaniyaning bunday qarorga kelishiga Rossiya Ukrainada maxsus operasiya o`tkazishi sabab bo`lgan. 

So`nggi bir necha hafta ichida Nokia etkazib berishni, biznes jarayonlarini to`xtatdi va tadqiqot hamda ishlanmalarni Rossiyadan tashqariga ko`chirdi. Endi kompaniya bozorni butunlay tark etmoqda.

Kompaniya ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilda savdolarning 2 foizi Rossiya hissasiga to`g`ri kelgan.

    Boshqa yangiliklar