Birinchi Toshkent xalqaro investisiya forumi doirasida xorijiy hamkorlar bilan qator shartnomalar imzolandi. Xususan, forumning birinchi kunida O`zbekiston Respublikasi to`g`ridan-to`g`ri investisiyalar jamg`armasi (UzDIF), Dr. Sulaiman Al-Habib Medical Group (HMG) va O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi o`rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Dr. Sulaiman Al-Habib Medical Group (HMG) Saudiya Arabistoni, Bahrayn Qirolligi, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa mamlakatlarda 20 dan ortiq tibbiyot muassasalarini boshqaradigan pediatriya, nevrologiya, kardiologiya, ortopediya va boshqa yaqin Sharqdagi bo`limlari orqali keng ko`lamli xizmatlar taqdim etadigan eng yirik xususiy sog`liqni saqlash tizimlaridan biridir.
Hujjat tibbiy ma`lumotlarni boshqarish tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish, O`zbekistonda xalqaro darajadagi kasalxona qurish, HMG tibbiyot akademiyasini yaratish, tibbiyot xodimlarining malaka va ko`nikmalarini har yili Saudiya Arabistonidagi HMG kasalxonalarida amaliyot o`tash orqali sog`liqni saqlash sohasidagi hamkorlikka qaratilgan.
"Umid qilamizki, hamkorlik doirasida Saudiya Arabistonidagi hamkorlar arsenalida mavjud bo`lgan bir qator davolash va tibbiyot xizmatlarni taqdim etadigan ko`p funksiyali tibbiyot markazini qurishga qaratilgan yirik loyihani amalga oshira olamiz.
Bundan tashqari, biz tibbiyot akademiyasini ishga tushirishni rejalashtirdik, u erda tibbiyot xodimlarini, shuningdek sog`liqni saqlash tizimida zarur bo`lgan boshqa mutaxassislarni Saudiya Arabistonidagi Al-Habib guruhi klinikalarida o`qitish istiqbollari bilan tayyorlaymiz va keyinchalik ular olgan bilim va ko`nikmalarni yurtimizda amaliyotda qo`llaydilar", - deydi UzDIF rahbari Atabek Nazirov.






