O`zbekiston milliy jamoasi sardori, «Roma» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov «Instagram»dagi sahifasida milliy jamoa yig`inida bergan intervyusi yuzasidan tushuntirish berib o`tdi. Bu haqda Tribuna xabar bermoqda.
«Hammaga salom. Men haqimda chiqqan so`nggi yangiliklarni o`qidim, intervyularimdan biri noto`g`ri tarjima qilingan ko`rinadi. Shuni ma`lum qilishni istardimki, men ushbu intervyuda jamoadan ketishni istashimni aytmaganman, ko`proq uchrashuvlarda maydonga tushishni istashim haqida gapirganman. Hech qachon «Roma»dan ketishni istashim haqida gapirmaganman.
Men ushbu klubning bir qismi ekanimdan juda ham xursandman. Har kuni mashg`ulotlarda mehnat qilib, jamoadoshlarim va misterga (Mourino nazarda tutilyapti) yordam berishni istayman», — deb yozib qoldirgan 26 yoshli hujumchi.






