Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Pastdarg`om tumanida ona va uning qizi o`z yashash uyida o`ldirib ketilganiga oid xabarlar tarkaldi. Bosh prokuratura Matbuot xizmati mazkur qotillik yuzasidan "darakchi.uz"ga ma`lumot taqdim etdi.
Aniklanishicha, joriy yilning 10 mart kuni tumanning “Esaboy” mahallasida istiqomat qiluvchi 58 yoshli N. A. (ayol) va uning 21 yashar qizi V.D.ning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o`ldirish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Hozirda, jinoyatni fosh etish uchun tezkor-tergov guruhi tuzilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






