Finlandiya 28 martdan boshlab Xelsinki va Sankt-Peterburg o`rtasida qatnovchi Allegro tezyurar poezdlari qatnovini to`xtatadi. Bu haqda Finlandiyaning VR Group temiryo`l konserni vakillari ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, 27 mart kuni ertalabki reys amalga oshiriladi. Sankt-Peterburgdan yo`lga chiqadi. Tushdan keyingi reys esa bekor qilinadi.
Finlandiyaning Evropa ishlari va mulkni boshqarish vaziri Tyutti Tuppuraynen VR Group konserniga yo`llagan maktubida bundan buyon Rossiya temiryo`llari kompaniyasi Evropa Ittifoqi saknsiyalari ro`yxatida bo`lgani bois, Allegro poezdidan foydalanish "maqsadga muvofiq emas"ligini bildirgan.






