Bugun, 25 mart kuni soat 14:42 da Samarqand viloyati Pastdarg`om tumani Paxtakor MFY "Samarqand-Kattaqo`rg`on" avtomobil yo`lida harakatlanib ketayotgan fuqaro A.X. boshqaruvida bo`lgan Nexia-2 va shu yo`nalishda harakatlanib ketayotgan fuqaro Y.F. boshqaruvida bo`lgan Nexia-3 avtomobillari o`rtasida yo`l taransport hodisasi sodir bo`lgan.
Natijada Nexia-2 avtomobilida qisqa tutashuv sabab yong`in sodir bo`lgan. Voqea joyiga YOQE soat 14:57 da etib borib, yong`in soat 15:20 da o`chirilgan.
Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo`q.
Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.






