G7 etakchilari global oziq-ovqat inqirozining oldini olishga va`da berishdi.
G7 davlatlari etakchilari qo`shma bayonotda butun dunyo bo`ylab oziq-ovqat ta`minoti bo`yicha yuzaga kelishi mumkin bo`lgan inqirozga qarshi kurashishga, shuningdek, zaif mamlakatlar va Ukrainaga oziq-ovqat masalasida yordam berish va uni etkazishdagi uzilishlarni bartaraf etishga va`da berishdi, deya yozmoqda Zamon.uz' nashri.
"Biz vaziyatni diqqat bilan kuzatib borish, yuzaga kelayotgan global oziq-ovqat xavfsizligi inqirozining oldini olish, unga javob berish uchun zarur bo`lgan hamma narsani qilishga tayyormiz. Biz oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash uchun barcha vositalar va moliyalashtirish mexanizmlaridan izchil foydalanamiz", — deyiladi xabarda.
21 mart kuni Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian bozorda Ukraina va Rossiya donlarining ulushini hisobga olgan holda Evropada oziq-ovqat inqirozi tahdidi haqida gapirgan edi.






