“Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–168-son, 18.03.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qarorga ko`ra, 2022 yil 1 apreldan mahalladagi hokim yordamchilari tomonidan bo`sh turgan davlat ob`ekti yoki erlar aniqlanib:
- ️2 000 kvadrat metrgacha ob`ektlar – hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan to`g`ridan-to`g`ri elektron onlayn-auksionga chiqariladi;
- ️qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan erlar – “Yerelektron” tizimi orqali yuborilgan onlayn-buyurtmanoma 3 kunda tegishli idoralar tomonidan ko`rib chiqiladi va ijobiy xulosa bo`lganda, 2 haftada onlayn-auksionga chiqariladi;
Vazirlik va idoralar, hokimliklarning, 3 oydan ko`p foydalanilmasdan bo`sh turgan ob`ektlar ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqariladi.
- 2023 yil 1 aprelgaga “Universal Mobile Systems” MChJni xususiylashtirish choralari ko`riladi.
- ️ “O`zdonmahsulot” AKning 25 ta don korxonasi 2022 yil 1 iyulgacha, qolganlari esa joriy yil yakunigacha bosqichma-bosqich savdoga chiqariladi.
2022 yil yakunigacha “O`zsanoatqurilishbank” ATB va “Asakabank” ATBning davlat ulushlari savdoga chiqariladi.
2023 yil 1 iyulgacha AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB, AT “Aloqabank”, “Agro bank” ATB, “O`zmilliybank” AJlarning aksiyalari fond birjasi orqali ommaviy joylashtiriladi.
Xususiylashtirishda boshlang`ich narxni e`lon qilmasdan talabgorlarni muzokaralarga ommaviy taklif qilish yo`li bilan sotish uslubi joriy etiladi.
Qaror bilan ommaviy savdolar orqali sotiladigan 1501 ta ko`chmas mulk ob`ektlari ro`yxati tasdiqlandi.
Ro`yxatga “Tashkent City” bog`i ham kiritilgan.






