AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 25-31 mart kunlari qor ko`chish xavfi e`lon qilindi

'O`zbekistonda 25-31 mart kunlari qor ko`chish xavfi e`lon qilindi'ning rasmi

"O`zgidromet" xabariga ko`ra, 2022-yil 25-31 mart kunlari kutilayotgan vaqti-vaqti bilan kuchli yog`ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o`zgarishlari sababli respublikaning tog`li hududlarida, 

jumladan:

  • Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;

 

  • Surxondaryo viloyati: Qumqo`rg`on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;

 

  •  Samarqand viloyati: Qo`shrabot, Nurobod, Samarqand, Urgut, Bulung`ur tumanlarida;

 

  •    Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;

 

  •  Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo`stonliq tumani va Chotqol tizmasining “Chimyon” tog`larida;

 

  •   Namangan viloyati: Pop tumani va Qamchiq dovoni hududida;

 

  • Farg`ona viloyati: So`x, Farg`ona tumanlarida qor ko`chish xavfi e`lon qilinadi.

 

Tog`li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda mazkur yo`nalishda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko`rishlari so`ralmoqda.

    Boshqa yangiliklar