AsosiyJamiyat

"O`zgidromet" 9 ta viloyatda kuchli yomg`ir va sel-suv toshqini bo`lishi haqida shoshilinch axborot berdi

'"O`zgidromet" 9 ta viloyatda kuchli yomg`ir va sel-suv toshqini bo`lishi haqida shoshilinch axborot berdi'ning rasmi

Joriy yilning 26-27 mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg`irlar yog`ishi sababli , respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida sel bo`lishi kutilmoqda. 

Jumladan:

Qashqadaryo viloyati: Yakkabog`, Debqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G`uzar tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, , Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho`rchi, Qumqo`rg`on, Muzrobot tumanlarida;

Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung`ur, Nurobod, Qo`shrabot, Kattaqo`rg`on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G`allorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo`stonliq, Parkent, Piskent, O`rta Chirchiq, Yuqori-Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo`rg`on tumanlarida;

Farg`ona viloyati: So`x, Farg`ona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo`rg`ontepa, Paxtaobod, Izbosgan, Xo`jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

"Tog` oldi va tog`li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog`li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko`rishlarini so`raymiz" - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar