Ijtimoiy tarmoqlarda tumanlar Xalq deputatlari Kengashlarining shaxsga doir ma`lumotlarni o`zida aks ettirgan qarorlari ochiq foydalanishda bo`lganligi to`g`risidagi xabarlar tarqaldi. Adliya vazirligi holat yuzasidan rasmiy ma`lumot berdi.
Vazirlik tomonidan o`rganish o`tkazilishi natijasida haqiqatdan ham bir qator tuman Xalq deputatlari Kengashlari tomonidan yopiq tusda qabul qilinishi lozim bo`lgan qarorlar ochiq shaklda qabul qilinganligi ma`lum bo`ldi. Mazkur holatdan so`ng Adliya vazirligi tomonidan E-qaror elektron tizimidagi barcha qarorlar hatlovdan o`tkazilib, shaxsga doir ma`lumotlarni o`z ichiga olgan barcha qarorlar yopiq shaklga o`tkazildi.






