2022 yilning 27 mart kuni, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 01-07/1-341-sonli yig`ilish bayoniga asosan, Toshkent shaxrida “Toshkent xalqaro marafon tadbiri” o`tkazilishi munosabati bilan, poytaxtimizning tadbir o`tkazilishi mo`ljallangan ko`chalarida transport vositalarining harakati vaqtincha to`xtatiladi.
Olmazor ko`chasi: Besh yog`och ko`chasidan I.Karimov ko`chasigacha 2022 yilning 25 mart kuni soat 16:00dan 27 mart kuni soat 18:00gacha;
2022 yilning 27 mart kuni soat 05:00dan 18:00 gacha:
- I.Karimov ko`chasi: Olmazor ko`chasidan Sh.Rashidov ko`chasigacha;
- Sh.Rashidov ko`chasi: I.Karimov ko`chasidan Afrosiyob ko`chasigacha;
- Shaxrisabz ko`chasi: A.Temur ko`chasidan Oybek ko`chasigacha;
- Afrosiyob ko`chasi: Shaxrisabz ko`chasidan Besh yog`och ko`chasigacha;
- Oybek ko`chasi: Nukus ko`chasidan Shaxrisabz ko`chasigacha;
- Nukus ko`chasi: Istiqlol ko`chasidan Oybek ko`chasigacha;
- A.Qodiriy ko`chasi: Abay ko`chasidan Istiqlol ko`chasigacha.
"Poytaxtimiz aholisi va mexmonlaridan ushbu vaqt oralig`ida yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so`raymiz",–deyiladi rasmiy xabarda.






