GIF formatidagi rasmlar ixtirochisi Stiven Uilxayt 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda “NBC News” xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, Uilxayt joriy yilning 14 mart kuni AQShda COVID-19 oqibatlaridan vafot etgan. Buni uning rafiqasi Ketlin tasdiqlagan.
Graphics Interchange Format (GIF) Uilxayt tomonidan 1987 yilda, u Compuserve kompaniyasida ishlagan paytida yaratilgan. Yillar davomida ushbu rasm formati ijtimoiy tarmoqlarda hissiyotlarni etkazishning asosiy usullaridan biriga aylangan.
2013 yilda Uilxayt ixtirosi va internet madaniyatiga qo`shgan hissasi uchun Webby Awards taqdimot marosimida Lifetime Achievement Award mukofotiga sazovor bo`lgan.






