AsosiyJamiyat

"Yomg`ir va qor yog`ishi kutilmoqda"

'"Yomg`ir va qor yog`ishi kutilmoqda"'ning rasmi

"O`zgidromet" 24 mart ob-havosini bashorat qildi.

Unga ko`ra, bugun kunduz kuni respublikaning ko`plab hududlarida yomg`ir va qor ko`rinishida yog`ingarchilik bo`lishi kutilmoqda.

Biroq Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkinligi aytiladi. Havo harorati 2-7° iliq atrofida bo`ladi.

Toshkentda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-4° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar