AsosiyJamiyat

Bugun respublikaning qator hududlarida yomg`ir va qor yog`adi

'Bugun respublikaning qator hududlarida yomg`ir va qor yog`adi'ning rasmi

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublikaning ko`pchilik hududlarida yomg`ir va qor ko`rinishida yog`ingarchilik bo`lishi kutilmoqda. Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Havo harorati 2-7° iliq atrofida bo`ladi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-4° iliq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Qor ko`chishi xavfi bor. Harorat 0-5° sovuq bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar