AsosiyDunyo

"Tolibon" yana qizlarning maktabga borishini taqiqladi

'"Tolibon" yana qizlarning maktabga borishini taqiqladi'ning rasmi

Afg`oniston ta`lim vazirligi umumiy o`rta ta`lim maktabi o`quvchilarining darsga borishini taqiqladi. Bu haqda Zamon xabar bermoqda

Vazirlik buyrug`iga ko`ra, "qizlar o`rta va o`rta maxsus maktablari keyingi ogohlantirishgacha yopiq qoladi". Shuningdek, yangi o`quv yili boshlanishi bilan faqat 6-sinfgacha bo`lgan qizlar maktabga borishi mumkin bo`ladi.

Qayd etilishicha, bunday qaror qabul qilinishiga maktab formasi bilan musulmon qonun-qoidalari va urf-odatlari — shariat normalari o`rtasidagi nomuvofiqlik sabab bo`lgan. Boshqarmaning ta`kidlashicha, 7-sinfdan 12-sinfgacha bo`lgan qizlarning formasi shariat, milliy an`ana va madaniyat asosida ishlab chiqilsa, toliblar ular uchun maktablarni qayta ochishini ta`kidlagan.

Joriy yil fevral oyi oxirida mamlakat ta`lim vazirligi Afg`onistonda o`g`il bolalar va qizlar uchun o`quv yili mamlakat hijriy taqvimi bo`yicha yangi yilning birinchi kunida, ya`ni 21 martdan keyin boshlanishini e`lon qilgandi.

    Boshqa yangiliklar