Muborak tumani hokimining birinchi o`rinbosari vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Nasafnews `abar bermoqda.
"18 mart kuni Muborak tumani hokimi Akrom Aripovning tegishli qarori qabul qilindi. Qaror bilan Ergashev Sanjar Tog`aymurodovich 2022 yil 7 martdan Muborak tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish bo`limi boshlig`i lavozimidan ozod etilishi belgilangan", - deyiladi xabarda.
Qatd etilishicha, o`rinbosarning ishdan ketishida uning o`z arizasi asos qilib olingan. Ergashev Sanjar avvalroq viloyat hokimi tomonidan hayfsan olgan edi.






