AsosiyDunyo

O`zbekiston Rossiyaga Tu-214 samolyotlarini ishlab chiqarishni tiklashda yordam berishi mumkin

'O`zbekiston Rossiyaga Tu-214 samolyotlarini ishlab chiqarishni tiklashda yordam berishi mumkin'ning rasmi

O`zbekiston va Tatariston o`rtasida investisiya va iqtisodiy hamkorlik bo`yicha o`tkazilgan davra suhbatida hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.Bu haqda Sputnik.uz xabar qilmoqda.

"Tu-214 samolyotini ishlab chiqarishni qayta tiklash to`g`risida qaror qabul qilindi. Loyiha, albatta, oson emas. Bu erda o`zaro hamkorlikka (O`zbekiston bilan - Sputnik) ishonamiz", - degan Tatariston prezidenti yordamchisi Ravil Zaripov.

Ta`kidlanishicha,  gap samolyotning ayrim qismlarini birgalikda ishlab chiqarish haqida ketmoqda.

Investisiyalar va tashqi savdo vaziri o`rinbosari Xurram Teshaboevning so`zlariga ko`ra, Toshkent mexanika zavodida ishlab chiqarilayotgan butlovchi qismlar bazasi ro`yxatini kengaytirish bo`yicha kelishuvlar mavjud.

 G`arb davlatlari aviasiya sanoatiga qarshi sanksiyalar kiritganidan keyin Rossiyada Tu-214 o`rta masofali yo`lovchi laynerining seriyali ishlab chiqarilishini qayta tiklash bo`yicha rejalar paydo bo`ldi.

 

    Boshqa yangiliklar