Ijtimoy tarmoqlarga "UzavtoMotors" avtomobillariga ba`zi detallar qo`yilmasdan chiqarilayotganligi haqida video joylashtirildi.
Ushbu videoga o`z munosabatini bildirgan deputat Rasul Kusherbaev quyidagicha izoh qoldirgan.
"... Eng alam qiladigani, davlat o`z xalqining ustidan kulib, asli narxi 4 ming dollar deyilgan mashinani bir necha baravar yuqori narxga pullab haq oladigan mana shunday kompaniyani qo`yniga olib, qo`llab turibdi: xalq iste`molchi nima bo`lsa bo`lsin, "lish b" zavod "soqqa" qilsin!
Xatto xalqni huquqini himoya qilib, "UzavtoMotors"dan qonuniy ishlashni talab qilgan Antimonopoliya rahbari xalqni yonini olgani uchun ishdan olingan...
Qiziq tomoni zavodni qo`llayotgan amaldorlarni aksariyati bunday sifatsiz avtomobillarni o`zlariga ravo ko`rmaydi, "inomarka"larda yurishadi: ikkiyuzlamachilar...
Agar meni mashinam sifatsiz chiqarilgani bo`lsa, demak qolgan hamma mashinalar ham sifatsiz chiqadi, deyishim mumkin.
Xullas o`sha gap: xalqni emas, soqqani o`ylaydigan, foydasidan zarari ko`p, bir tiyinga qimmat, nohalol, o`yinchi monopolist.
Ana endi, haqorat qildi, yo`q obro`mizni to`kdi deb istasangiz har safargidek Oliy Majlisga, prokuraturaga yoki sudga yozing. Balki undanam teparog`iga yozarsiz. Uyatsizlar,"- deydi xalqvakili.






