AsosiyDunyo

EI Rossiyaga qarshi sanksiyalarni Ukrainadagi harbiy operasiyalar to`xtatilganda yumshatishi mumkin

'EI Rossiyaga qarshi sanksiyalarni Ukrainadagi harbiy operasiyalar to`xtatilganda yumshatishi mumkin'ning rasmi

Evropa Ittifoqi (EI) Rossiyaga qarshi sanksiyalarni Ukrainadagi «maxsus harbiy operasiya» to`xtatilishi va qo`shinlarning olib chiqishi bilan yumshatishi mumkin. Ushbu fikrlarni EI tashqi ishlar xizmati rasmiy vakili Piter Stano aytib o`tdi.

Shu bilan birga, u EI «xulq-atvorni o`zgartirish» yoki xalqaro yoki gumanitar huquq buzilishiga javob berish uchun sanksiyalar qo`llashini va EI qonunbuzarliklar bartaraf etilgan, deb hisoblamaguncha cheklovlar o`z kuchida qolishini ta`kidladi. 

Stanoning so`zlariga ko`ra, sanksiyalar ro`yxatini uzaytirish va tuzatish to`g`risidagi qarorlar EI a`zolari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.

Ma`lumki, 24 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin LXR va DXR rahbarlarining yordam so`roviga javoban Donbassni himoya qilish uchun «maxsus harbiy operasiya» boshladi. Shundan so`ng Rossiya harbiy kuchlari Ukraina hududiga kiritildi. 

Bunga javoban Ukraina Rossiya bilan diplomatik aloqalarini uzdi. Ko`plab davlatlar Rossiyaga, jumladan, Evropa Ittifoqi mamlakatlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, qator rasmiylar, tadbirkorlar va jurnalistlarga qarshi sanksiyalar kiritdi.

    Boshqa yangiliklar