Portugaliyalik forvard Krishtianu Ronaldu Angliyaning «Manchester Yunayted» klubida shartnomasi oxirigacha davom ettirmoqchi.
The Telegraph xabariga ko`ra, 37 yoshli hujumchi jamoa kelasi mavsumda Chempionlar Ligasida o`ynamasa ham, «Yunayted»da qolishni istamoqda.
Shu bilan birga, Evropada Ronalduga «MYu»dek maosh to`lashga qodir klublar juda kam (yoki umuman yo`q) ekanligi ta`kidlangan.
Ma`lumot o`rnida, hujumchining maoshi haftasiga 775 ming funt sterling atrofida, u Premer-liganing eng ko`p maosh oluvchi futbolchisi sanaladi.
Ronaldu bu mavsumda APLda 24ta o`yinda maydonga tushib, 12ta gol va 3ta assistni o`z hisobiga yozdirib qo`ydi.






