AsosiyJamiyat

Koronavirusdan umumiy sog`ayish ko`rsatkichi 99 foizga etdi — SSV

'Koronavirusdan umumiy sog`ayish ko`rsatkichi 99 foizga etdi — SSV'ning rasmi

Kecha, 18 mart kuni yurtimizda kasallikdan 56 nafar bemor tuzalib, umumiy sog`ayish ko`rsatkichi 99 foizga etdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.

2022 yil 18 mart holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 237438 (+24) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

3 nafari Sirdaryo viloyatida,

3 nafari Xorazm viloyatida,

7 nafari Toshkent viloyatida,

11 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog`iston Respublikasida 1 nafar,  
  • Jizzax viloyatida 1 nafar,
  • Navoiy viloyatida 1 nafar,
  • Namangan viloyatida 2 nafar,
  • Samarqand viloyatida 2 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 3 nafar,
  • Xorazm viloyatida 1 nafar,
  • Toshkent viloyatida 8 nafar,
  • Toshkent shahrida 37 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 234988 (+56) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, kecha 2 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

 

    Boshqa yangiliklar