"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel Chempionlar ligasi 1/4 final bosqichidagi raqibi "Real" haqida quyidagilarni aytib o`tdi.
"Tan olish kerak, bizga juda qiyin raqib tushdi. Ayniqsa, muxlislar bilan to`lgan "Santyago Bernabeu" stadionida o`ynashdan-da qiyinroq vazifa yo`q. Bo`lajak o`yin oldidan juda ham hayajondamiz", - deya nemis mutaxassisi so`zlaridan keltirmoqda UEFA matbuot xizmati.
Ma`lumot uchun, Chempionlar ligasining chorak final bosqichi doirasidagi dastlabki o`yinlar 5-6 aprel kunlari, javob bahslari esa 12-13 aprelda o`tkaziladi.






