Ortda qolgan Pekin-2022 Olimpiya va Paralimpiya o`yinlari tashkiliy qo`mitasi har ikki musobaqa arafasida tadbirga aloqador barchadan olingan koronavirus testlari bo`yicha statistikani e`lon qildi.
Unga ko`ra, joriy yilning 23 yanvar – 13 mart sanalari oralig`ida 2 546 100 bora test olingan va ularning 463 tasi ijobiy natija ko`rsatgan.
Buni 4-20 fevral kunlari o`tgan Olimpiya o`yinlari kesimida tahlil qilinsa, 1.9 million test va 437 ta ijobiy ko`rsatkichga to`g`ri keladi.
4-13 mart sanalarida o`tgan Paralimpiya o`yinlarida taxminan 600 ming ta testning 26 tasidan ijobiy javob olingan.






