Xitoyda sodir bo`lgan kuchli zilzila bo`lishi Buyuk Xitoy devorining ikki metrga yaqin qismi qulab tushdi. Bu haqda "The Global Times" xabar tarqatmoqda.
Qayd etilishicha, 8 yanvar, shanba kuni shimoli-g`arbiy Gansu provinsiyasining Shandan okrugida 6,9 magnitudali zilzila sodir bo`lgan. Natijada, 9 kishi jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.
Zilziladan so`ng hukumat vakillari madaniy obidani borib ko`rgan va talafot ko`rigan joyini ta`mirlash-tiklash ishlarini boshlab yuborgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, Buyuk Xitoy devorining qulagan qismi imperiya davriga to`g`ri keladi.






