AsosiyJamiyat

Hududlarda yuqori texnologik operasiyalar ulushi necha foizga etgani ma`lum qilindi

'Hududlarda yuqori texnologik operasiyalar ulushi necha foizga etgani ma`lum qilindi'ning rasmi

2021 yilda ixtisoslashgan tibbiyot yo`nalishi ham isloh qilindi. Respublikamizdagi 23 ta ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, ularning hududlardagi 268 ta filiali hamda tumanlardagi 310 ta bo`limlarida ilgari respublika darajasida amalga oshirilgan yuqori texnologik operasiyalarni viloyat va tuman darajasida o`tkazish yo`lga qo`yildi.

2020 yilda hududlardagi yuqori texnologik operasiyalar ulushi 55 foiz bo`lgan bo`lsa, 2021 yilda bu ko`rsatkich 60 foizga oshirildi.

Barcha viloyatlarda rentgenendovaskulyar jarrohlik va kardioxirurgiya bo`limlari tashkil etilib, ochiq yurakda operasiyalar bajarildi.

O`tgan yillar davomida yurtimizda 600 dan ortiq buyrak, jigar va o`zak hujayra operasiyalari muvaffaqiyatli o`tkazilishi natijasida fuqarolarimizning chet davlatlardagi klinikalarga chiqishi keskin kamaydi.

Namangan, Samarqand, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida buyrak transplantasiyasi amaliyotlarini o`tkazish yo`lga qo`yildi.

Telemedisina orqali murakkab jarrohlik amaliyotlarining translasiyalari soni 289 taga etkazildi.

Hududiy tibbiyot muassasalarida 604 ta yangi diagnostika hamda ilg`or davolash usuli amaliyotga tatbiq etildi.

Boshqa yangiliklar