Fransiyaning "Monako" klubi yaqin orada bosh murabbiy Niko Kovachni iste`foga chiqaradi. Bu haqda RMC Sport xabar berdi.
Qayd etilishicha, 50 yoshli mutaxassis jamoa bilan hamkorlik qilmoqchi emas. O`z navbatida "Monako" rahbariyati ham Kovach tufayli jamoa ichki muhiti buzilgani, futbolchilarning mashg`ulotlardagi harakatlari ko`ngildagidek emasligi aytilgandi.
Ma`lumot uchun, "Monako" Fransiya chempionatida 19-turdan so`ng 29 ochko bilan 6-o`rinni egallab turibdi.






