Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi, DXX Sirdaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi, Milliy gvardiya hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi xuquqbuzarlik fosh etildi.
Guliston shahri Namuna mahallasida harakatlanayotgan fuqaro O.X.ning qo`l yuklari belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o`tganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo`lmagan, muqaddam aylanma yo`llar orqali olib kirilgan umumiy qiymati 8,35 mln. so`mlik 23140 dona “treniya” va 24 dona “7 SHOT” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.
Yana bir holatda Toshkent shahri Chilonzor tumani hududida pirotexnika vositalarini noqonuniy aylanuviga qarshi kurashish borasida tezkor tadbir o`tkazildi. Natijada, tezkor kuzatuvga olingan fuqaro R.D. boshqaruvidagi Matiz rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda ko`zdan kechirilganda, fuqaro X.Sh.ga tegishli bo`lgan xorijda ishlab chiqarilgan, hech qanday hujjatlari bo`lmagan 3 turdan iborat, umumiy qiymati 32,25 mln so`mlik jami 109 dona “7 SHOTS” va “Korolevskiy” nomli salyut pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






